O‘ZBEKISTONDAGI GAZ-KIMYO ZAVODLARIDA OLINAYOTGAN POLIMER MAHSULOTLARNING FIZIK-MEXANIK XOSSALARINI TADQIQ ETISH

Authors

  • Pirmamatov A.E. Pirmamatov A.E. Author
  • Abdukarimova S.A. Abdukarimova S.A. Author

Keywords:

gaz-kimyo sanoati, polietilen, polipropilen, fizik-mexanik xossalar, polimerlar, O‘zbekiston, statistik tahlil.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan gaz-kimyo zavodlarida, xususan Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi va “Uz-Kor Gas Chemical” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan asosiy polimer mahsulotlar — polietilen va polipropilenning fizik-mexanik xossalari kompleks tarzda tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida polimerlarning zichligi, cho‘zilishdagi mustahkamligi, elastiklik moduli, zarbaga chidamliligi hamda issiqlik barqarorligi kabi asosiy ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, ularning jahon standartlari va global ishlab chiqaruvchilarning analog mahsulotlari bilan solishtirma bahosi berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston gaz-kimyo sanoatining hozirgi holati, ishlab chiqarish quvvatlari va polimer mahsulotlarining yillik statistik ko‘rsatkichlari xalqaro ma’lumotlar bilan taqqoslab o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari respublikada ishlab chiqarilayotgan polimerlarning fizik-mexanik xossalari xalqaro talablarga mos kelishini, ularning qurilish, qadoqlash, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarida keng qo‘llash imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadi. Olingan xulosalar O‘zbekiston gaz-kimyo sanoatini yanada rivojlantirish va polimer mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Author Biographies

  • Pirmamatov A.E., Pirmamatov A.E.

    magistrant, Toshkent davlat texnika universiteti

  • Abdukarimova S.A., Abdukarimova S.A.

    Ilmiy rahbar: PhD, dot. texnika fanlari doktori, Toshkent davlat texnika universiteti

References

Downloads

Published

2026-02-22