TISH IMPLANTATSIYASINING ASORATLARI VA ULARNI OLDINI OLISH
Abstract
Mazkur tezisda dental implantatsiyasining asoratlari va ularni oldini olish haqida fikr yuritiladi. Tish implantatsiyasi yo‘qolgan tishlarni tiklashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, estetik va funksional jihatdan yuqori natijalar beradi. Biroq, bu jarrohlik amaliyoti ba’zi asoratlar bilan kechishi mumkin. Bular quyidagilar: Implant atrofida yallig‘lanish (periimplantit), implantning rad etilishi va suyak bilan birikmaslik, qon ketishi, kortikal devor teshilishi yoki sinishi, yuqori jag boshligining ochilishi, pastli alveolar nerv zararlanishi, qoshni tish alveolasi ochilishi kabi muammolar bemorlarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, implantatsiya jarayoni va undan keyingi davrda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni o‘rganish hamda ularning oldini olish bo‘yicha samarali usullarni ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi.