KICHIK BIZNESDA INTERNET SAVDO XIZMATLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Keywords:
kichik biznes, internet savdo, elektron tijorat, raqamli texnologiyalar, samaradorlik, raqamli marketing, logistika, onlayn to‘lov, axborot xavfsizligi, innovatsiya, raqamlashtirish.Abstract
Kichik biznes sub’ektlari iqtisodiy taraqqiyotning muhim bo‘g‘ini bo‘lib, zamonaviy texnologiyalardan to‘g‘ri foydalanish ularning raqobatbardoshligini ta’minlovchi asosiy faktorlardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda informatsion-kommunikatsion texnologiyalarning keng rivojlanishi, aholi orasida internetdan foydalanish darajasining ortishi va savdo-hamkorlikning yangi bosqichga ko‘tarilishi natijasida kichik biznesning elektron tijorat, ya’ni internet savdo xizmatlariga murojaat qilishi tobora kengayib bormoqda. Bu jarayon, bir tomondan, umumiy iqtisodiy muhitga yangi innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar kirib kelishiga zamin yaratmoqda, boshqa tomondan, tadbirkorlar va iste’molchilar o‘rtasida aloqalarning soddalashishi va tezlashuviga olib kelmoqda.