XIZMATLAR BOZORIDA UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI

Authors

  • G’ofurov Sindor Sardor O’g’li G’ofurov Sindor Sardor O’g’li Author

Keywords:

Umumiy ovqatlanish, korxona samaradorligi, iqtisodiy samaradorlik, xizmatlar bozori, O‘zbekiston, raqamli iqtisodiyot, daromad, xarajat, investitsiya, marketing, raqobat, resurslarni boshqarish.

Abstract

O‘zbekiston xizmatlar bozorida umumiy ovqatlanish korxonalari (restoran, kafelar va oshxonalar) iqtisodiy faoliyatining samaradorligini oshirish bugungi kunda muhim vazifa hisoblanadi. Xizmatlar bozoridagi raqobatning kuchayishi, iste’molchilarning talab va xohishlarining o‘zgarishi, shuningdek, oziq-ovqat narxlarining o‘zgaruvchanligi, umumiy ovqatlanish korxonalarini raqobatbardosh qilish va foydani oshirishni talab qiladi. Mazkur tezisda umumiy ovqatlanish korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirishning mexanizmlari, jumladan resurslarni optimallashtirish, xizmat sifatini oshirish, narx siyosatini shakllantirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va marketing strategiyalarini qo‘llash tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi - umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish mexanizmlarini aniqlash va ularning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini o‘rganishdir.

Author Biography

  • G’ofurov Sindor Sardor O’g’li, G’ofurov Sindor Sardor O’g’li

    TKTI Yangiyer Filiali stajyor-o’qituvchisi

    GULDU Mustaqil izlanuvchisi

References

Downloads

Published

2026-03-24