KICHIK YOSHDAGI BOLALARGA MEHNAT TARBIYASINI SHAKLLANTIRISH

Authors

  • Boymatova Anorkhol Gulmurodovna Boymatova Anorkhol Gulmurodovna Author
  • Khurramova Shahzoda Khurramova Shahzoda Author

Keywords:

Mehnat tarbiyasi, kichik yoshdagi bolalar, pedagogika, tarbiyaning oilaviy asoslari, ijtimoiy moslashuv, mas’uliyat, rivojlanish, jamoaviy mehnat, tarbiyaviy omillar.

Abstract

Kichik yoshdagi bolalarga mehnat tarbiyasini shakllantirish bugungi kunda eng dolzarb tarbiyaviy masalalardan biri hisoblanadi. Bola hayotining ilk bosqichlaridan boshlab, unda turli ijobiy sifatlarni, xususan, mehnatsevarlik fazilatini shakllantirish unga katta hayot saboqlarini berish hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashiga zamin yaratadi. Har bir yosh bolada mehnatga nisbatan munosabatni, ishga mas’uliyat bilan yondashishni, o‘ziga ishonch tuyg‘usini singdirish orqali ijtimoiy barkamollikka erishish mumkin. Bugungi tezkor hayot sharoitida oilaviy tarbiya, maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi pedagogik jarayon va jamiyat bilan uzviy aloqada bolaning mehnat tarbiyasini tizimli tashkil qilish, zamonaviy talablarga javob beradigan me’yorlar asosida amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega.

Author Biographies

  • Boymatova Anorkhol Gulmurodovna, Boymatova Anorkhol Gulmurodovna

    Toshkent Oriental Universiteti

    katta o‘qituvchisi

  • Khurramova Shahzoda, Khurramova Shahzoda

    Toshkent Oriental Universiteti

    MT talabasi

References

Downloads

Published

2026-04-04