JIGARNING TURLI MODDALARNI ZARARSIZLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Keywords:
Jigar, detoksikatsiya, zararsizlantirish, toksinlar, fermentlar, metabolizm, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, mochevina (urea), ammiak, gormonlar parchalanishi, fiziologik ahamiyat.Abstract
Mazkur maqolada jigarning inson organizmidagi zararsizlantirish (detoksikatsiya) jarayonlaridagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Jigarning tashqi muhitdan tushadigan toksik moddalar, dori vositalari, alkogol hamda metabolizm natijasida hosil bo‘ladigan zararli birikmalarni qayta ishlashdagi roli tahlil qilingan. Detoksikatsiya jarayonining asosiy bosqichlari, jumladan, fermentativ o‘zgarishlar, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va moddalarni suvda eruvchan shaklga o‘tkazish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, jigarning ammiakni mochevinaga aylantirishdagi roli hamda gormonlar va biologik faol moddalarni parchalaydigan funksiyalari haqida ma’lumot berilgan. Tadqiqot natijalari jigarning sog‘lom faoliyati organizmni zaharlanishdan himoya qilish va ichki muvozanatni saqlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.