GIG IQTISОDIYОT SHАRОITIDА REABILITATSIYA ETILGAN SHAXSNING MEHNAT HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MUAMMOLARI
Keywords:
gig iqtisоdiyоt, reabilitatsiya, ishga tiklash, mehnat huquqlari himoyasi, moddiy va ma’naviy ziyon, ikkilamchi viktimizatsiya, raqamli tozalash, mehnat nizolari, da’vosiz tartib, mehnat shartnomasini to‘xtatib turish, asossiz jinoiy ta’qib.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida asossiz jinoiy ta’qibga uchragan va reabilitatsiya etilgan shaxslarning mehnat huquqlarini amalda tiklash mexanizmlarining nazariy va amaliy muammolari chuqur tahlil qilinadi. Milliy jinoyat-protsessual va mehnat qonunchiligi o‘rtasidagi o‘zaro kolliziyalar, sudlovga taalluqlilik masalasidagi noaniqliklar hamda da’vo muddatlarini hisoblashdagi huquqiy bo‘shliqlar yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirilgan. Shuningdek, maqolada G‘arbiy Yevropa va MDH (Rossiya, Qozog‘iston, Moldova) mamlakatlarining reabilitatsiya sohasidagi ilg‘or tajribalari o‘rganilib, “ikkilamchi viktimizatsiya”ning oldini olish, mehnat shartnomasini to‘xtatib turish, “raqamli tozalash“ (expungement) va soddalashtirilgan “da’vosiz“ ishga tiklash kabi mexanizmlarni milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqilgan.