JURNALISTIKANING ZAMONAVIY JAMIYATDAGI O‘RNI
Keywords:
Jurnalistika, jamiyat, raramli transformatsiya, mediamatn sifati, ommaviy ishonch, ijtimoiy media, O'zbekiston.Abstract
Raqamli inqilob va axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida jurnalistikaning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy o'rni tubdan transformatsiyaga uchramoqda. Mazkur tadqiqotning maqsadi zamonaviy mediamakonda jurnalistikaning ijtimoiy funksiyalarini va texnologik omillarning mediamatn sifatiga ko'rsatayotgan ta'sirini kompleks baholashdan iborat. Tadqiqotda aralash metodologik yondashuvdan (mixed methods) foydalanildi. O'zbekistonning turli hududlaridan tasodifiy tanlanma asosida jalb qilingan 300 nafar axborot iste'molchilari ishtirokida miqdoriy so'rovnoma, shuningdek, 25 nafar amaliyotchi jurnalistlar bilan chuqurlashtirilgan sifatiy intervyular o'tkazildi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, jamiyatning an'anaviy ommaviy axborot vositalariga bo'lgan ishonchi pasayish tendensiyasiga ega bo'lsa-da, professional jurnalistika haligacha faktcheking (faktlarni tekshirish) va ijtimoiy nazorat instituti sifatida eng ishonchli manba hisoblanadi. Jurnalistlarning 72 foizi axborot oqimining tezlashuvi va raqamli algoritmlar, shu jumladan generativ neyrotarmoqlar mediamatn sifatining pasayishiga xavf tug'dirayotganini ta'kidlashgan. Qiyosiy tahlillar orqali ijtimoiy tarmoqlar audiotoriyasi va an'anaviy media kuzatuvchilari o'rtasida axborotni tanqidiy qabul qilish darajasida statistik ahamiyatli farqlar (p < .05) aniqlandi. Xulosa o'rnida, sifatli mediamatn yaratish standartlarini saqlab qolish va universitet talabalari o'rtasida media savodxonlikni oshirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.