BANKLARDA KREDIT RISKI MAZMUNI, UNI BAHOLASH VA BOSHQARISH USULLARI
Keywords:
Markaziy bank, bank tizimi, kredit riski, qarz yuki, ta’minot, kredit portfeli.Abstract
Ushbu maqolada bugungi kunda bank tizimida vujudga keladigan risklar ichida eng ko’p tarqalgan kredit riskining mazmuni, kelib chiqish sabablari, uni baholash hamda boshqarish usullari to’g’risida bayon etildi. Shuningdek, kredit riskiga ta’sir etuvchi omillar, O’zbekiston Respublikasi bank tizimida kredit riskining salmog’i haqida yoritib berildi. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari kredit portfeli va uning risk darajasi tahlil qilinib, kredit riskini kamaytirishda mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashning o’rni va kredit monitoringining ahamiyati haqida yoritib berildi. Tadqiqot yakunida O’zbekiston Respublikasi bank tizimida kredit riskini boshqarish bo’yicha zamonaviy usullar va xorijiy davlatlar tajribasi bo’yicha xulosalar berib o’tildi.