BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI DARSLARIDA STEAM YONDASHUVINI QOʻLLASH IMKONIYATLARI
Keywords:
STEAM yondashuvi, boshlang‘ich ta’lim, ona tili darsi, integratsiya, kompetensiya, innovatsion ta’lim, ijodiy fikrlash, amaliy mashg‘ulot, fanlararo bog‘liqlik, zamonaviy pedagogika.Abstract
Mazkur ilmiy-metodik maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics — Fan, Texnologiya, Muhandislik, San’at va Matematika) yondashuvini qo‘llash imkoniyatlari, amaliy tashabbuslari, pedagogik sharoit va metodik yo‘llari keng ko‘rib chiqildi. Maqolada STEAM yondashuvi asosida ona tili fani orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash, muloqot, ijodkorlik va zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, integratsiyalashgan darslar orqali o‘quvchilarda fanlararo bog‘liqlik va umumta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish, motivatsiyani oshirish tajribalari yoritiladi. STEAM yondashuvining boshlang‘ich ta’limdagi afzalliklari, o‘quvchilarning o‘z fikrini aniq ifodalashi, estetik va ijtimoiy tuyg‘ular, mantiqiy tafakkur hamda jamoaviy faoliyatning jalb etilishi imkoniyatlari tahlil qilinadi.