OZIQ-OVQAT CHIQINDILARINI BIO-O‘G‘ITGA AYLANTIRISH USULI

Authors

  • P.I. Kalandarov P.I. Kalandarov Author
  • Sh.N. Nuraliyeva Sh.N. Nuraliyeva Author

Keywords:

aerob kompostlash, oziq-ovqat chiqindisi, bio-o‘g‘it, IoT monitoring, chiqindi boshqaruvi, BioLoop-100, Toshkent, chiqindi kamayishi, ESP32, uglerod filtri.

Abstract

Ushbu maqolada oziq-ovqat chiqindisini qisqa muddatda qayta ishlash uchun mo‘ljallangan BioLoop-100 aerob mexanik komposter qurilmasining texnik va iqtisodiy parametrlari tahlil qilinadi. Toshkent shahrining ko‘p qavatli uy fondida (120 xonadon, taxminan 360 nafar aholi) oziq-ovqat chiqindilarini boshqarishning joriy holati, an‘anaviy poligon tizimi bilan solishtirganda BioLoop-100 qurilmasining afzalliklari va tatbiq etish samaradorligi o‘rganiladi. Qurilma ESP32 mikrokontrolleriga asoslangan IoT monitoring tizimi, 1000 Vt quvvatli TEN isitish elementi va granulali uglerod filtri bilan jihozlangan bo‘lib, 60°C haroratda aerob biokonversiya jarayonini ta‘minlaydi. Tajribaviy hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, qurilma ishga tushirilgandan so‘ng chiqindi hajmi 80–90% ga kamayadi, oylik transport va poligon xarajatlari 757 800 so‘mga tushadi va bio-o‘g‘it sotishdan olinadigan daromad hisobiga investitsiyani qaytarish muddati taxminan 2 oyni tashkil etadi. Maqola natijasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorining (VMQ 589-son, 16.09.2025) «Oqilona iste‘mol» dasturi doirasida amaliy qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan innovatsion yechimni taklif etadi [4].

Author Biographies

  • P.I. Kalandarov, P.I. Kalandarov

    texnika fanlari dokotori, professor

    “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instuti”

     Milliy tadqiqiot unversiteti

  • Sh.N. Nuraliyeva, Sh.N. Nuraliyeva

    “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instuti” 

    Milliy tadqiqiot unversiteti talabasi

References

Downloads

Published

2026-06-23