O‘QUVCHILARNING TABIIY-ILMIY SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
Keywords:
tabiiy-ilmiy savodxonlik, innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, loyiha asosida o‘qitish, muammoli ta’lim, ta’lim samaradorligi.Abstract
Ushbu maqolada o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirish jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Bugungi globallashuv sharoitida ta’lim tizimida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish hamda ilmiy-tabiiy bilimlarni amaliy hayot bilan bog‘lash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar, jumladan, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, loyiha asosida o‘qitish va muammoli ta’lim usullari o‘quvchilarning faolligini oshirishga, ularning bilimlarni chuqur va ongli o‘zlashtirishiga xizmat qiladi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion yondashuvlar o‘quvchilarda nafaqat nazariy bilimlarni shakllantiradi, balki ularning tahliliy fikrlash, muammoni hal qilish va amaliy ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Shu bilan birga, tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga va o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qiladi.