INFORMATIKA FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION METODLARNING TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI AHAMIYATI
Keywords:
kompyuter, zamonaviy texnologiyalar, dasturiy vositalar, axborot texnologiyalari, innovatsion metodlar, kiberxavfsizlik, ta’lim jarayoni.Abstract
Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanishning ahamiyati hamda samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda informatika ta’limida keng qo‘llanilayotgan interaktiv o‘qitish, gamifikatsiya, aralash ta’lim (blended learning), teskari sinf (flipped classroom) kabi innovatsion metodlarning imkoniyatlari yoritilgan. Ushbu yondashuvlarning o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligini oshirish, mustaqil ta’lim olish qobiliyatlarini rivojlantirish va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni ochib berilgan. Maqolada zamonaviy o‘qitish usullarining informatika fanini samarali o‘zlashtirishdagi roli, amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim tizimining raqobatbardoshligini oshirishda raqamli texnologiyalar va ilg‘or pedagogik yondashuvlardan foydalanish zaruriyati asoslangan. Tadqiqot yakunida informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish hamda zamonaviy ta’lim innovatsiyalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.