AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TEXNIKUMLARDA INNOVATSION TA’LIM MUHITINI SHAKLLANTIRISH

Authors

  • Baxriddinov Zohid Sirojiddin oʻgʻli Baxriddinov Zohid Sirojiddin oʻgʻli Author

Keywords:

kompyuter, zamonaviy texnologiyalar, dasturiy vositalar, axborot texnologiyalari, raqamli ta’lim, kiberxavfsizlik, ta’lim jarayoni.

Abstract

Ushbu maqolada texnikum ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) samarali foydalanish orqali dars sifatini va ta’lim samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda zamonaviy raqamli ta’lim vositalari, jumladan, Google Classroom, Moodle, Zoom, Quizizz kabi onlayn platformalarni o‘quv jarayoniga joriy etishning o‘quvchilar bilim olish jarayoniga ta’siri va ularning darsdagi faolligini oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, AKT vositalarining o‘quv materiallarini interaktiv shaklda taqdim etish, mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish va nazorat-baholash jarayonlarini takomillashtirishdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada informatika va texnik yo‘nalishlarda Scratch, Python, AutoCAD kabi zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish tajribalari tahlil qilingan. Shu bilan birga, axborot texnologiyalarini ta’limga tatbiq etishda yuzaga keladigan texnik ta’minot, internet infratuzilmasi va raqamli savodxonlik bilan bog‘liq muammolar aniqlanib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy takliflar berilgan. Tadqiqot natijalari texnikumlarda zamonaviy raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy ahamiyatini ochib beradi.

Author Biography

  • Baxriddinov Zohid Sirojiddin oʻgʻli, Baxriddinov Zohid Sirojiddin oʻgʻli

    Toshkent pedagogika texnikumi Informatika fani o‘qituvchisi

References

Downloads

Published

2026-06-24