EKOLOGIK MUAMMOLARNI HAL ETISHDA KIMYO FANINING O‘RNI VA YASHIL TEXNOLOGIYALAR ISTIQBOLLARI
Keywords:
yashil kimyo, ekologik xavfsizlik, atrof-muhit muhofazasi, yashil texnologiyalar, barqaror rivojlanish, resurslardan samarali foydalanish, iqtisodiy taraqqiyot.Abstract
Ushbu maqolada yashil kimyo tamoyillarining mazmun-mohiyati, ekologik xavfsiz texnologiyalarni yaratishdagi ahamiyati hamda atrof-muhitni muhofaza qilishdagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqotda resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish va inson salomatligi hamda tabiatga zararli ta’sirlarni minimallashtirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar tahlil qilingan. Shuningdek, ekologik xavfsiz texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish jarayonida uchraydigan muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Maqolada yashil kimyo tamoyillarining sanoat, iqtisodiyot va ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari ushbu yo‘nalishning resurslarni tejash, chiqindilar miqdorini qisqartirish va iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini kamaytirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.