O‘SIMLIK OQSILLARI ASOSIDA OLINGAN GO‘SHT O‘RNINI BOSUVCHI YARIM FABRIKATNING MIKROBIOLOGIK XAVFSIZLIGINI BAHOLASH
Keywords:
go‘sht analogi, o‘simlik oqsili, mikrobiologik xavfsizlik, koliformalar, Salmonella spp., Listeria monocytogenes, mezofil mikroorganizmlar, konserva, oziq-ovqat xavfsizligi.Abstract
Ushbu maqolada o‘simlik xomashyolari asosida ishlab chiqilgan go‘sht analogi tarimfabrikatining mikrobiologik xavfsizligi sanitariya-bakteriologik tekshiruv natijalari asosida baholandi. Tadqiqot uchun Namangan davlat texnika universiteti Oziq-ovqat texnologiyasi laboratoriyasida 2026-yilning may oyida ishlab chiqarilgan go‘sht analogi namunsining gigiyenik xavfsizlik ko‘rsatkichlari aniqlandi. Namuna O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Namangan viloyati boshqarmasi bakteriologiya laboratoriyasida 2026-yil 8–14-may kunlari tekshirildi. Tekshiruvda mezofil aerob va fakultativ anaerob mikroorganizmlar soni, ichak tayoqchasi guruhi bakteriyalari (koliformalar), patogen mikroorganizmlar, jumladan Salmonella spp., hamda Listeria monocytogenes nazorat qilindi. Laboratoriya hulosasiga ko‘ra tekshirilgan namunaning mazkur mikrobiologik xavfsizlik mezonlari bo‘yicha belgilangan talablarga mos kelishi ko’rsatilgan. Shu bilan birga, laboratoriya tekshiruvi mahsulotning butun saqlash davridagi mikrobiologik barqarorligi bevosita mahsulotni saqlash muddati, harorat, pH va suv faolligi bilan bog‘langan dinamik monitoringni ta’minlash belgilab o‘tilgan.