NAFAS A’ZOLARI TIZIMI VA UNING TARAQQIYOTI
Keywords:
Burun bo’shlig’I, hiqqildoq, kekirdak, Bronx, o’pka, plevra, ko’ks oralig’i.Abstract
Ushbu maqola mazmuni shundan iboratki odam hayoti davomida kislorodga bo’lgan ehtiyojni nafas olish bilan qondiradi. Nafas a’zolari tizimi (systema respiratorium) tarkibiga tashqi havo bilan qon o’rtasidagi gaz almashinuvini ta’minlovchi a’zolar kiradi. Gaz almashinuvi bu organizmning tashqi muhitdan kislorodni qabul qilib, o'zidan karbonat angidridni tashqi muhitga chiqarishidir. Bu maqolada gaz almashinuvi asosan nafas a’zolari bilan, juda oz qismi esa teri orqali bo’lishi ko’rib chiqiladi.Bundan tashqari u uch bosqichdan iborat bo‘lishi, nafas a’zolari tizimi uning birinchi bosqichini yoki tashqi muhitdagi kislorodni alveolalar orqali qonga o'tishi va qondagi karbonat angidridni alveolalarga o’tishini ta’minlashi haqida ham ko’rib chiqamiz. Nafas a’zolari tizimi nafas yo’llari va juft nafas a’zosi o‘pkadan iborat. Nafas yo’llari joylashishiga qarab yuqori va pastki nafas yo’llariga bo’linadi. Yuqori nafas yo’llariga burun bo'shligi, halqumning burun va og’iz qismi, pastki nafas yo’llariga hiqildoq, kekirdak, bronxlar kiradi. Nafas yo‘lining ichi shilliq parda bilan qoplangan. Unda kiprikli epiteliy, ko‘p sonli shilliq bezlari bo’ladi. Nafas yo’llari orqali o‘tgan havo asosiy nafas a’zosi bo’lgan o'pkaga boradi.