TARZ MA’NOSINING O‘ZBEK TILIDAGI LEKSIK IFODA VOSITALARI

Authors

  • Jo‘rayeva Mahliyo Nosirovna Jo‘rayeva Mahliyo Nosirovna Author

Keywords:

tarz ma’nosi, leksik-semantik birliklar, leksik vositalar, semantika, tarz kategoriyasi, harakat tarzi, fe’l semantikasi, kontekst, sinonimiya, funksional xususiyat.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek tilida tarz ma’nosining leksik-semantik ifoda vositalari, ularning mazmuniy xususiyatlari hamda nutqdagi funksional imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tarz ma’nosining voqelanishida ishtirok etuvchi leksik birliklar semantik jihatdan tasniflanib, ularning harakat va holatning bajarilish usuli, xarakteri, intensivligi, davomiyligi hamda boshqa modal-semantik belgilarni ifodalashdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, tarz ma’nosini ifodalovchi birliklarning kontekstual xususiyatlari, sinonimik munosabatlari va fe’l semantikasi bilan aloqador jihatlari lingvistik nuqtayi nazardan ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari o‘zbek tilida tarz kategoriyasining leksik sathdagi ifoda imkoniyatlarini aniqlash, uning semantik tabiatini tavsiflash hamda tarz ma’nosini ifodalovchi birliklarning funksional xususiyatlarini belgilashga xizmat qiladi.

Author Biography

  • Jo‘rayeva Mahliyo Nosirovna, Jo‘rayeva Mahliyo Nosirovna

    Qarshi shahridagi Xalqaro innovatsion universiteti,

     O‘zbek filologiyasi va jurnalistika kafedrasi o‘qituvchisi.

References

Downloads

Published

2026-08-22