RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TA’LIM TIZIMI BOSHQARUVINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA INSON OMILINING KAMAYISHI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR TAHLILI
Keywords:
raqamli transformatsiya, ta’lim tizimi, boshqaruv faoliyati, ijtimoiy-psixologik omillar, inson omili, kommunikatsiya, masofaviy boshqaruv, motivatsiya, psixologik muhit, konflikt, raqamli texnologiyalar, samaradorlik, innovatsion yondashuvlar.Abstract
Ushbu ilmiy ishda raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim tizimi boshqaruvining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilishi natijasida boshqaruv faoliyatida yuzaga kelayotgan o‘zgarishlar, xususan, inson omilining nisbatan kamayishi bilan bog‘liq muammolar yoritiladi. Shuningdek, raqamli boshqaruv tizimlarining jamoaviy munosabatlar, kommunikatsiya jarayonlari va qaror qabul qilish mexanizmlariga ko‘rsatayotgan ta’siri ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan tahlil etiladi.
Mazkur ishda o‘qituvchilar va rahbar xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning transformatsiyasi, masofaviy boshqaruv sharoitida yuzaga keladigan psixologik to‘siqlar, motivatsiya pasayishi hamda ijtimoiy muhitning zaiflashuvi kabi dolzarb muammolar aniqlangan. Shu bilan birga, inson omilining kamayishini muvozanatlashtirish, samarali kommunikatsiya muhitini shakllantirish va boshqaruv faoliyatining psixologik jihatlarini optimallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.