YOLG‘IZLIK ORGANIZMGA SIGARET KABI ZARAR QILADIMI? YOLG‘IZLIKNING PSIXOLOGIK VA FIZIOLOGIK OQIBATLARI
Keywords:
yolg‘izlik, ijtimoiy izolyatsiya, emotsional yolg‘izlik, stress, depressiya, xavotir, kognitiv pasayish, immunitet, yurak-qon tomir tizimi, raqamli yolg‘izlik, psixologik salomatlik.Abstract
Mazkur maqolada yolg‘izlikning inson psixologik va fiziologik salomatligiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida yolg‘izlik tushunchasining ilmiy talqini, uning ijtimoiy izolyatsiya bilan bog‘liqligi hamda stress, depressiya, xavotir va kognitiv faoliyatga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, yolg‘izlikning yurak-qon tomir tizimi, immunitet va nerv tizimiga ko‘rsatadigan fiziologik oqibatlari ham ko‘rib chiqilgan. Maqolada Julianne Holt-Lunstad, John Cacioppo va boshqa olimlarning tadqiqotlari asosida yolg‘izlikning sog‘liqqa ta’siri ayrim hollarda sigaret chekishning zarariga qiyoslanishi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Bundan tashqari, zamonaviy raqamli kommunikatsiyaning insonlar o‘rtasidagi munosabatlarga ta’siri hamda yolg‘izlikni kamaytirishning psixologik usullari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ijtimoiy aloqalar va emotsional yaqinlik inson salomatligini saqlashda muhim omillardan biri ekanligini ko‘rsatadi.