O‘YIN TEXNOLOGIYALARINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI VA BOSHLANG‘ICH TA’LIM MUAMMOLARI
Keywords:
o‘yin texnologiyalari, didaktik o‘yin, boshlang‘ich ta’lim, o‘quv motivatsiyasi, bilish faolligi, kompetensiyaviy yondashuv, faol ta’lim.Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘yin texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik-didaktik imkoniyatlari hamda ularni amaliyotga tatbiq etishda yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilinadi. O‘yin texnologiyalari orqali o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishi, o‘quv motivatsiyasi, mustaqil fikrlash va ijodiy faolligini oshirish imkoniyatlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari o‘yin texnologiyalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining psixologik xususiyatlariga mosligi, bilimlarni ongli o‘zlashtirish va kompetensiyaviy yondashuvni ta’minlashdagi samaradorligini ko‘rsatadi. Shuningdek, o‘yin texnologiyalarini qo‘llash jarayonida uchraydigan metodik, tashkiliy va didaktik muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.