TURKIY VA ROMAN TILLARIDA FONETIK TIZIMLARNING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI HAMDA TALAFFUZDAGI UNIVERSALLIK VA DIFFERENSIAL BELGILAR

Authors

  • XALIFA PALUANOVA DARIBAYEVNA XALIFA PALUANOVA DARIBAYEVNA Author

Keywords:

qiyosiy tipologiya, turkiy tillar, roman tillari, fonetika, fonologiya, fonema, unli tovushlar, undosh tovushlar, talaffuz, urg‘u, intonatsiya, fonetik universallik, differensial belgilar, o‘zbek tili, fransuz tili, ispan tili.

Abstract

Mazkur tezisda turkiy va roman tillarining fonetik tizimlari qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilinadi hamda ularning talaffuz tizimida uchraydigan universallik va differensial belgilar o‘rganiladi. Tadqiqot davomida turkiy tillar vakili sifatida o‘zbek tili, roman tillari vakili sifatida esa fransuz va ispan tillarining fonemalar tizimi, unli va undosh tovushlar tarkibi, urg‘u, intonatsiya hamda fonologik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, tillararo fonetik o‘xshashliklar va farqlar, ularning lingvistik tabiati hamda chet tillarni o‘qitish jarayonidagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari fonetika, qiyosiy tipologiya va amaliy tilshunoslik sohalaridagi ilmiy izlanishlarni boyitishga xizmat qiladi.

Author Biography

  • XALIFA PALUANOVA DARIBAYEVNA, XALIFA PALUANOVA DARIBAYEVNA

    O‘zDJTU, Toshkent

    Qiyosiy tipologiya, Tarjima nazariyasi va amaliyoti,

    Terminologiya, Nazariy fonetika, linguopragmatika

References

Downloads

Published

2026-06-26