BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA AHOLINING IJTIMOIY HIMOYASIGA YO‘NALTIRILGAN XARAJATLARNI OPTIMALLASHTIRISH
Keywords:
bozor iqtisodiyoti, ijtimoiy himoya, xarajatlarni optimallashtirish, islohotlar, davlat siyosati, samaradorlik, manzillilik, ijtimoiy yordam, ijtimoiy xizmatlar, iqtisodiy barqarorlik.Abstract
Ushbu tezisda bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining ijtimoiy himoyasiga yo‘naltirilgan xarajatlarni optimallashtirish masalalari keng tadqiq etilgan. Tezisda ijtimoiy himoya tizimi mohiyati, uning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotdagi o‘rni, mavjud muammolar va zamonaviy yechimlar, davlat siyosati va islohotlarning samarasi, hamda xarajatlarni maqbullashtirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Muallif ijtimoiy himoyani takomillashtirish va unga ajratiladigan mablag‘larning samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqqan. Ushbu izlanishda xalqaro va milliy tajribalar asosida ijtimoiy himoya tizimining yanada samarali yo‘lga qo‘yilishi uchun zamonaviy usullar, moliyaviy mexanizmlar va institutsional yangilanishlarga alohida e’tibor qaratilgan.