SUD AMALIYOTIDA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING HUQUQIY JIHATLARI

Authors

  • Ulmasov Muhriddin Bobir oʻgʻli Ulmasov Muhriddin Bobir oʻgʻli Author

Keywords:

sun'iy intellekt, sud tizimi, sud amaliyoti, raqamli sud, odil sudlov, algoritm, elektron sud, huquqiy tartibga solish, shaxsiy ma'lumotlar, sud qarorlari.

Abstract

Mazkur maqolada sud amaliyotida sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning huquqiy asoslari, zamonaviy sud tizimini raqamlashtirish jarayonida sun'iy intellektning tutgan o‘rni hamda ushbu texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq afzallik va muammolar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, sun'iy intellekt yordamida sud hujjatlarini tayyorlash, ishlarni avtomatik taqsimlash, sud amaliyotini tahlil qilish, huquqiy axborotlarni qayta ishlash va sud qarorlarini prognoz qilish imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada sun'iy intellektni sud tizimida qo‘llash jarayonida inson huquqlarini himoya qilish, shaxsiy ma'lumotlar xavfsizligi, algoritmlarning shaffofligi, sudyaning mustaqilligi va odil sudlov tamoyillarini ta'minlash masalalari ham batafsil tahlil etilgan. Muallif tomonidan xalqaro tajriba hamda O‘zbekiston Respublikasida sud-huquq islohotlari doirasida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish siyosati asosida sun'iy intellektdan foydalanishning istiqbollari yoritilib, mavjud huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Author Biography

  • Ulmasov Muhriddin Bobir oʻgʻli, Ulmasov Muhriddin Bobir oʻgʻli

    Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

    Yurisprudensiya yoʻnalishi 2-kurs talabasi

References

Downloads

Published

2026-06-29