TEXNIKUMLARDA TA'LIM SIFATINI MONITORING QILISHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
texnikum, ta'lim sifati, monitoring, ta'lim sifati monitoringi, kasbiy ta'lim, ichki sifat kafolati, KPI, Learning Analytics, raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt, ta'lim boshqaruvi, sifat indikatorlari.Abstract
Mazkur maqolada texnikumlarda ta'lim sifatini monitoring qilish tizimini takomillashtirishning zamonaviy mexanizmlari ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ta'lim sifati monitoringining nazariy asoslari, amaldagi holati hamda mavjud muammolar o‘rganildi. Monitoring jarayonida raqamli texnologiyalar, KPI (asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari), Learning Analytics, sun'iy intellekt va elektron boshqaruv tizimlarini qo‘llash imkoniyatlari yoritildi. Shuningdek, texnikumlarda ta'lim sifatini kompleks baholashga xizmat qiluvchi integrallashgan monitoring modeli taklif etildi. Tadqiqot natijalari ta'lim sifatini oshirish, boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslash va kasbiy ta'lim muassasalarida ichki sifat kafolati tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.