OILA, MAKTAB VA JAMIYATNING YOSHLARDA HARBIY XIZMATGA IJOBIY MUNOSABAT SHAKLLANTIRISHDAGI PSIXOLOGIK ROLI

Authors

  • Рашидов Абдурашид Муродуллаевич Рашидов Абдурашид Муродуллаевич Author

Keywords:

harbiy xizmat, yoshlar psixologiyasi, oila ta’siri, maktab tarbiyasi, jamiyat qadriyatlari, vatanparvarlik, ijtimoiy moslashuv.

Abstract

Zamonaviy jamiyatda yoshlarning harbiy xizmatga bo‘lgan munosabati — milliy xavfsizlik va fuqarolik mas’uliyatini anglashning muhim ko‘rsatkichidir. Ushbu tezisimizda oila, maktab va jamiyat kabi ijtimoiy institutlarning yoshlarning psixologik dunyoqarashiga ta’sirini, ayniqsa harbiy burchga nisbatan ijobiy qarash shakllantirishdagi o‘rnini yoritib berdik. O‘rganish natijalarimizga ko‘ra, oilada otalarning harbiy xizmat tarixi, maktabda vatanparvarlik tarbiyasi va jamiyatda qahramonlik obrazlarining targ‘ibi — yoshlarda harbiy xizmatga ijobiy munosabat shakllantirishda psixologik jihatdan eng samarali omillar hisoblanadi. Shuningdek, guruh identifikatsiyasi, ichki motivatsiya va ijtimoiy normaga moslashuv kabi psixologik mexanizmlar muhim rol o‘ynadi. Tadqiqot natijalari harbiy-psixologik tarbiya dasturlarini ishlab chiqishda, oila-maktab-hamkorligini mustahkamlashda va yoshlarning fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda amaliy ahamiyatga ega.

Author Biography

  • Рашидов Абдурашид Муродуллаевич, Рашидов Абдурашид Муродуллаевич

    Бухарский государственный университет

    Независимый исследователь

References

Downloads

Published

2026-06-30