ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARIDA YONG‘INLARNI TEZKOR VA SAMARALI O‘CHIRISH UCHUN QULAY VA TEJAMKOR USULLAR TAHLILI
Keywords:
issiqlik elektr stansiyasi, yong‘in xavfsizligi, suv tumani, drencher tizimi, ko‘pik bilan o‘chirish, gazli yong‘in o‘chirish, iqtisodiy samaradorlik, risk tahlili.Abstract
Issiqlik elektr stansiyalarida (IES) yong‘in xavfsizligini ta'minlash elektr energiyasi ishlab chiqarishning uzluksizligi va sanoat xavfsizligini kafolatlovchi muhim omillardan biridir. Elektr stansiyalarida transformatorlar, turbina moy tizimlari, kabel xo‘jaligi, yoqilg‘i omborlari va elektr taqsimlash qurilmalari yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan obyektlar hisoblanadi. Mazkur maqolada issiqlik elektr stansiyalarida qo‘llanilayotgan yong‘in o‘chirish usullarining samaradorligi, iqtisodiy jihatdan tejamkorligi va ekspluatatsion afzalliklari tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, riskga asoslangan yondashuv, suv tumani (water mist) texnologiyasi, ko‘pik bilan avtomatik o‘chirish tizimlari, gazli yong‘in o‘chirish tizimlari hamda intellektual monitoring texnologiyalarini integratsiyalash yong‘inni qisqa vaqt ichida bartaraf etish va moddiy zararlarni kamaytirishda eng samarali yechim hisoblanadi.