MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASHNING HUQUQIY-INSTITUTSIONAL ASOSLARI YARATILISHI (1991–2025-yillar)
Keywords:
aholi bandligi, mehnat bozori, huquqiy-institutsional asoslar, ishsizlik, davriylashtirish, mehnat qonunchiligi, Mehnat kodeksi, monomarkaz, mehnat migratsiyasi, O‘zbekiston.Abstract
Maqolada 1991–2025-yillarda O‘zbekistonda aholi bandligini ta’minlashning huquqiy-institutsional asoslari yaratilishi yaxlit tarixiy jarayon sifatida tahlil qilinadi. Sovet tuzumida rasman tan olinmagan ishsizlikning huquqiy e’tirof etilishidan boshlab, milliy mehnat qonunchiligining shakllanishi, bandlikka ko‘maklashish institutlarining rivoji hamda 2016–2017-yillardan keyingi islohotlar davrida mehnat bozorining liberallashtirilishigacha bo‘lgan bosqichlar davriylashtiriladi. Muallif mehnat bozorini huquqiy tartibga solishning besh bosqichini ajratib, har bir bosqichning ijtimoiy-iqtisodiy natijalari va kamchiliklarini tarixiy-tanqidiy nuqtai nazardan baholaydi. Tadqiqot demografik bosim huquqiy islohotlarning obyektiv sababi, huquqiy mexanizmlar esa unga berilgan tizimli javob ekanligini asoslaydi.