"MAQSUD SHAYXZODANING "HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY" HAQIDA ILMIY-TADQIQOT ISHLARI"
Keywords:
adabiyotshunos, ilmiy tadqiqotchi, ma'rifatparvar jadid, Hamza Hakimzoda Niyoziy, dramaturg, jamoat arbobi, bolalar adabiyoti.Abstract
Ko'p qirrali Maqsud Shayxzoda 45 yillik ijodi davomida ko'plab sohalarda o'zidan keyin munosibĀ ma'naviy meros qoldirdi. Xususan, Shayxzoda adabiyotshunos, ilmiy- tadqiqotchi sifatida ma'rifatparvar jadid- Hamza Hakimzoda Niyoziyning hayoti va ijodi haqida chuqur izlanishlar olib boradi. Shu o'rinda, bu izlanishlar Shayxzodani nafaqat adabiyotshunos, balki dramaturg va jamoat arbobi bo'lib yetishishiga ham o'zining munosib hissasini qo'shgan. Gapning isboti sifatida, Shayxzoda:" Hamza bolalar adabiyotiga katta e'tibor berdi-U birinchi bo'lib bolalar uchun hayotiy, qiziqarli va ibratli asarlar yozdi. Bu sohada uning izdoshi bo'lgan adiblar kam"- deb ta'kidlagan. Ush bu maqola orqali Shayxzodaning yana bir yorqin qirrasi-adabiyotshunoslik sohasini Hamza haqidagi ilmiy tadqiqotlar orqali bilib olinadi.