INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Keywords:
integratsiyalashgan dars, “Bilimlar mozaikasi” metodi, interfaol metodlar, “Ranglarda bilimlar”, “Fanlar ko‘prigi”, ijodiy fiklash.Abstract
Ushbu maqolada integratsiyalashgan darslarni tashkil etishda interfaol metodlardan foydalanishning pedagogik ahamiyati yoritib berilgan. Integratsiyalashgan ta’lim orqali turlicha fanlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlash, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, “Fanlar ko‘prigi” metodi, “Bilimlar mozaikasi” metodi “Ranglarda bilimlar” kabi interfaol metodlarning integratsiyalashgan darslardagi samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Mazkur metodlardan maqsadli foydalanish o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshirish, mustaqil va ijodiy fikrlashini rivojlantirish hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishi asoslab berilgan.