SANOAT KORXONALARIDA RAQAMLASHTIRISHNING MEHNAT UNUMDORLIGIGA TA’SIRI
Keywords:
raqamlashtirish, sanoat korxonalari, mehnat unumdorligi, raqamli texnologiyalar, ERP, MES, SCADA, IoT, sun’iy intellekt, avtomatlashtirish, ekonometrik model.Abstract
Mazkur tadqiqod ishida sanoat korxonalarida raqamli texnologiyalardan foydalanishning mehnat unumdorligiga ta’siri nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotda raqamlashtirishning ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishdagi bekor turib qolishlarni qisqartirish, boshqaruv qarorlarini tezlashtirish va mahsulot tannarxini kamaytirishdgi ahamiyati tahlil qilinadi. O’zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining 2015–2025-yillardagi ma’lumotlari asosida raqamli infratuzilma va sanoat rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Shuningdek, mehnat unumdorligiga raqamlashtirish ta’sirini baholash uchun ko‘p omilli ekonometrik model taklif etildi. Tadqiqot natijalari sanoat korxonalarida ERP, MES, SCADA, sun’iy intellekt va robotlashtirish texnologiyalaridan kompleks foydalanish mehnat unumdorligini oshirishning muhim omillaridan biri bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.