RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING KASB TANLASHDAGI AHAMIYATI
Keywords:
Raqamli texnologiyalar, kasb tanlash, raqamli savodxonlik, mehnat bozori, onlayn platformalar, sun’iy intellekt, masofaviy ta’lim, kasbiy yo‘naltirish., Digital technologies, career choice, digital literacy, labor market, online platforms, artificial intelligence, distance learning, career guidance.Abstract
Mazkur maqolada raqamli texnologiyalarning zamonaviy jamiyatda kasb tanlash jarayoniga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi mehnat bozorida yangi kasblarning paydo bo‘lishiga, mavjud kasblarning mazmunan yangilanishiga hamda yoshlarning kasbiy yo‘nalishini aniqlashda raqamli vositalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Maqolada raqamli platformalar, onlayn kasbiy testlar, sun’iy intellekt asosidagi maslahat tizimlari va masofaviy ta’lim texnologiyalarining kasb tanlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, raqamli savodxonlik darajasi bilan kasbiy muvaffaqiyat o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy asosda izohlangan.
This article analyzes the impact of digital technologies on the process of career choice in modern society. The rapid development of information and communication technologies contributes to the emergence of new professions in the labor market, the content renewal of existing professions, and the expansion of the possibilities of effective use of digital tools in determining the professional direction of young people. The article highlights the role of digital platforms, online professional tests, artificial intelligence-based consulting systems, and distance learning technologies in career choice. The relationship between the level of digital literacy and professional success is also scientifically explained.