RAQAMLI MONITORING ASOSIDA QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKALARIDAN FOYDALANISHNI REJALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH VA TAHLIL QILISH

Authors

  • DOSHANOVA QALLIXAN XALMURATOVNA DOSHANOVA QALLIXAN XALMURATOVNA Author

Keywords:

qishloq xo‘jaligi, mexanizatsiya, qishloq xo‘jaligi texnikalari, raqamli monitoring, rejalashtirish, samaradorlik, GPS texnologiyalari.

Abstract

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligida texnikalardan foydalanishni rejalashtirish jarayonini raqamli monitoring asosida takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etishda raqamli monitoring texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati yoritib beriladi. Raqamli monitoring tizimlari orqali texnikalarning ish vaqti, yuklama darajasi, yoqilg‘i sarfi va unumdorlik ko‘rsatkichlarini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, raqamli monitoringdan foydalanish texnikalardan foydalanishni rejalashtirishning aniqligi va samaradorligini oshirishi, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish samaradorligini yaxshilashga xizmat qilishi asoslab beriladi. Maqolada olingan xulosalar qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.

Author Biography

  • DOSHANOVA QALLIXAN XALMURATOVNA, DOSHANOVA QALLIXAN XALMURATOVNA

    QARAO‘ZAK 2-SON TEXNIKUM MAXSUS FAN O‘QITUVCHISI

References

Downloads

Published

2026-01-26