DUAL TA’LIM TIZIMI ORQALI TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Authors

  • DOSHANOV JUMABAY DOSHANOV JUMABAY Author

Keywords:

ta’lim tizimi, dual ta’lim modeli, mehnat bozori talablari, nazariy tayyorgarlik, amaliy mashg‘ulotlar, ishlab chiqarish tashkilotlari, kasbiy o‘qitish, malakaviy amaliyot, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, raqobatbardosh kadrlar.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida dual ta’lim modelini joriy etish va uni rivojlantirishning dolzarb masalalari keng yoritilgan. Tadqiqotda dual ta’lim tizimining shakllanish jarayoni, uning an’anaviy ta’lim shakllaridan farqli jihatlari hamda ustun tomonlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, dual ta’limning mazmun-mohiyati, asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, ta’lim muassasalari bilan ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlariga alohida e’tibor qaratilgan. An’anaviy ta’lim sharoitida talabalar ko‘pincha bo‘sh vaqtlarida o‘z mutaxassisligiga aloqador bo‘lmagan sohalarda vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullangan bo‘lsalar, dual ta’lim tizimi doirasida ular o‘z kasbiy yo‘nalishi bo‘yicha nazariy bilimlarni egallash bilan birga real ishlab chiqarish muhitida amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Dual ta’lim tizimi nazariya va amaliyotni o‘zaro uyg‘unlashtirish orqali zamonaviy mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh va malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiluvchi samarali ta’lim modeli sifatida baholanadi. Mazkur ta’lim shakli talabalar kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish bilan bir qatorda ish beruvchilar uchun zarur bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga, shuningdek, ta’lim muassasalarining ta’lim sifati va amaliy yo‘naltirilganligini oshirishga xizmat qiladi.

Author Biography

  • DOSHANOV JUMABAY, DOSHANOV JUMABAY

    QARAO‘ZAK 2-SON TEXNIKUMI

    KASBIY TA’LIM BO‘YICHA DIREKTOR O‘RINBOSARI

References

Downloads

Published

2026-01-26