OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FUQAROLIK HUQUQI RIVOJLANISHINING UMUMIY QOIDALARI: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA ULARNING ILMIY YECHIMLARI
Keywords:
fuqarolik huquqi, fuqarolik kodeksi, xalqaro integratsiya, fuqarolik jamiyati.Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik huquqi rivojlanishining umumiy qoidalari, ularning zamonaviy tendensiyalari hamda ushbu jarayonda yuzaga kelayotgan ilmiy-nazariy va amaliy muammolar tahlil qilinadi. Fuqarolik huquqining modernizatsiya qilinishi, bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy mulk, shartnoma erkinligi, tadbirkorlik faoliyatining huquqiy kafolatlari hamda raqamli munosabatlarning huquqiy tartibga solinishi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, milliy fuqarolik qonunchiligining xalqaro huquq normalari bilan uygʻunlashuvi, sud amaliyoti va qonun ijodkorligi jarayonida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar ilmiy nuqtayi nazardan yoritiladi. Tadqiqot davomida mavjud huquqiy normalarni takomillashtirish, ularni qoʻllash samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy yechimlar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.