O‘QUVCHI-YOSHLARDA INNOVATSION FIKRLASHNI O‘ZBEKISTON YOShLAR ITTIFOQI MISOLIDA RIVOJLANTIRISH MODELI

Authors

  • Mehmonova Nilufar Shuhratovna Mehmonova Nilufar Shuhratovna Author

Keywords:

innovatsion fikrlash, yoshlar siyosati, ta’lim tizimi, hamkorlik modeli, pedagogik innovatsiyalar, ijtimoiy faollik, yoshlar tashkilotlari.

Abstract

Mazkur tadqiqotda ta’lim tizimi va yoshlar tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik asosida o‘quvchi-yoshlarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish modeli ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Globallashuv jarayonlari sharoitida yoshlarning intellektual, ijtimoiy va kasbiy salohiyatini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ta’lim muassasalari hamda yoshlar tashkilotlari o‘rtasidagi samarali integratsiyani ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda ta’lim muassasalari va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari, uning pedagogik asoslari hamda o‘quvchi-yoshlarda innovatsion fikrlashni rivojlantirishga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, hamkorlikning tashkiliy, metodik va axborot-kommunikatsion jihatlarini o‘z ichiga olgan model taklif etiladi. Jamiyatimizda raqamli transformatsiya davrida o‘quvchi yoshlarning innovatsion fikrlashini shakllantirish nafaqat ta’lim jarayonining, balki jamiyat taraqqiyotining strategik omili sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (OYI) ta’lim tizimidagi faoliyati yoshlarning ijtimoiy faolligi, ijodiy salohiyati va yangilik yaratish qobiliyatini oshirishda muhim ijtimoiy-pedagogik mexanizm sifatida ahamiyat kasb etadi.

Author Biography

  • Mehmonova Nilufar Shuhratovna, Mehmonova Nilufar Shuhratovna

    Nizomiy nomidagi O‘zMPU

                                                                                              Pedagogika nazariyasi va

                                                                                       tarixi yo‘nalishi magistratura            

       2-bosqich talabasi

References

Downloads

Published

2026-03-13