O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGI VA TASHABBUSKORLIGINI OSHIRISHNING MEXANIZMLARI
Keywords:
ijtimoiy-siyosiy faollik, yoshlar tashabbuskorligi, institutsional islohotlar, raqamlashtirish jarayonlari, yoshlar tashkilotlari, ishtirokli boshqaruv, Yoshlar daftari, Yoshlar parlamenti, motivatsion mexanizmlar.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi va tashabbuskorligini oshirish bo‘yicha qo‘llanilayotgan mexanizmlar, ularning samaradorligi hamda takomillashtirish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqotda davlat yoshlar siyosatidagi institutsional islohotlar, raqamlashtirish jarayonlari, yoshlar tashkilotlari faoliyati va mahalliy darajadagi ishtirokli boshqaruv amaliyotlari ilmiy asosda o‘rganilgan. Shuningdek, “Yoshlar daftari”, “Yoshlar parlamenti” kabi platformalarning ijtimoiy faollikni kuchaytirishdagi roli baholangan. Maqolada kontent tahlili, so‘rovnoma va taqqoslama tahlil metodlaridan foydalanilgan bo‘lib, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtiroki oshishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yoshlarning siyosiy ongini yuksaltirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning davlat boshqaruvida ishtirokini kengaytirish uchun institutsional hamkorlikni kuchaytirish, raqamli platformalardan foydalanish samaradorligini oshirish va motivatsion mexanizmlarni takomillashtirish zarurligi xulosasi berilgan