O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RAQAMLASHTIRISH MEXANIZMLARI: INSTITUTSIONAL SHAROITLAR VA SAMARADORLIK KO’RSATKICHLARI
Keywords:
Raqamli iqtisodiyot, iqtisodiyotni raqamlashtirish, institutsional sharoitlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), raqamli infratuzilma, IT Park, raqamli xizmatlar, iqtisodiy samaradorlik, naqd pulsiz to’lovlar, innovatsiya, elektron hukumat, raqamli infratuzilma, ilg’or tajriba.Abstract
Mazkur tezis O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini raqamlashtirish jarayonining zamonaviy holati, uni amalga oshirish mexanizmlari hamda institutsional sharoitlarining samaradorlik ko’rsatkichlariga ta’sirini tahlil qilishga bag’ishlangan. Tadqiqotda so’nggi yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari hamda mahalliy va xorijiy ilmiy adabiyotlar asosida raqamli transformatsiyaning asosiy yo’nalishlari yoritib berilgan.
Tezisda internet qamrovi, elektron hukumat xizmatlari, naqd pulsiz to’lovlar ulushi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari eksporti va raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi kabi muhim ko’rsatkichlar tahlil qilingan. Shuningdek, IT sohasini rivojlantirish bo’yicha yaratilgan institutsional muhit va uning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri statistik ma’lumotlar asosida baholangan.
Tahlil natijalariga ko’ra, raqamlashtirish jarayoni mamlakatda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, xizmatlar ko’rsatish sifatini yaxshilash hamda iqtisodiy o’sishni jadallashtirishda muhim omil bo’lib xizmat qilayotgani aniqlangan. Tadqiqot xulosalarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollari va uning kelgusidagi barqaror o’sishga ta’siri yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.