TOSHKENT VILOYATI CHINOZ TUMANI BALIQLARINING TOMAT SOUSIDAGI KONSERVALARINI TADQIQ ETISH NATIJALARI
Abstract
Tadqiqotning maqsadi chuchuk suv havzalari baliqlarini qayta ishlab, yil davomida iste’molga taqdim etishdagi muammolarini hal qilishdir. Gap shundaki, chuchuk suv baliqlarini qayta ishlashda qator muammolarga duch kelinadi. Chunki chuchuk suv havzalari baliqlari tarkibida mavjud bo‘lgan og‘ir metallar og‘ir metallarning tuzlariga aylanadi, ularning oziq-ovqat mahsulotlarida mavjudligi chegarasi - PDK ning ruxsat etilgan konsentratsiyasi bo‘yicha nazorat qilinadi. Bundan tashqari, bir xil turdagi baliqlar (biz karp, oqdo‘ngpeshona va laqqa baliqlarini tanladik) yashash joyiga qarab turli xil kimyoviy tarkibga ega bo‘lishi mumkin. Bu suv tarkibiga, ekologik vaziyatga, yaqin atrofdagi qishloq xo‘jaligining turiga, atrof-muhit va suv uchun xavfli obyektlarning mavjudligiga (radioaktiv moddalar konlari, pestitsidlar, gerbitsidlar, fungitsidlar qo‘llaniladigan yerlar, chorva mollari, parrandachilik fermalari) bog‘liq.