SANOAT KORXONALARI VA FERMER XO‘JALIKLARI O‘RTASIDAGI KOOPERATSION ALOQALARNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
Kooperatsiya, sanoat korxonasi, fermer xo‘jaligi, iqtisodiy integratsiya, klaster tizimi, qayta ishlash sanoati, logistika, innovatsion texnologiyalar, investitsiya, eksport salohiyati, agrar soha, ishlab chiqarish samaradorligi, iqtisodiy hamkorlik, bozor iqtisodiyoti.Abstract
Mazkur maqolada sanoat korxonalari va fermer xo‘jaliklari o‘rtasidagi kooperatsion aloqalarni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari hamda istiqbollari iqtisodiy jihatdan tahlil qilingan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmoqlarining o‘zaro integratsiyasi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida fermer xo‘jaliklari va sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikning iqtisodiy mazmuni, klaster tizimining afzalliklari, qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, logistika va investitsion faoliyatni takomillashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va eksport salohiyatini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilingan. Maqolada kooperatsion aloqalarni rivojlantirish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, fermerlarning iqtisodiy manfaatdorligini oshirish hamda mamlakat iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash imkoniyatlari asoslab berilgan.