BRUKSIZM (TISH G‘IJIRLATISH) VA YASHIRIN STRESS: PSIXOLOGIK VA FIZIOLOGIK OMILLAR

Authors

  • Qobilova Xolisa Aziz qizi Qobilova Xolisa Aziz qizi Author
  • Erkinov Shohruhmirzo Erkin o‘g‘li Erkinov Shohruhmirzo Erkin o‘g‘li Author

Keywords:

bruksizm, yashirin stress, tishni g‘ijirlatish, tishni siqish, psixosomatik buzilish, xavotir, nevrotiklik, uyqudagi bruksizm, kunduzgi bruksiszm, uyqu buzilishlari, mushak tarangligi, stressni boshqarish.

Abstract

Mazkur maqolada bruksizm — tishni g‘ijirlatish va tishni siqish holatining psixologik hamda fiziologik omillari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida bruksizm tushunchasining ilmiy talqini, awake bruxism va sleep bruxism shakllari hamda ushbu holatning yashirin stress bilan bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, surunkali stress, xavotir, nevrotiklik va hissiyotlarni bostirishning jag‘ mushaklari faoliyatiga ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada bruksizmning tish tizimi, nerv tizimi va uyqu sifatiga ko‘rsatadigan fiziologik oqibatlari ham ko‘rib chiqilgan. Gilles Lavigne, Hans Selye, Franz Alexander va boshqa olimlarning tadqiqotlari asosida bruksizmning psixosomatik xususiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Bundan tashqari, kognitiv-xulqiy terapiya, stressni boshqarish, stomatologik himoya vositalari va uyqu gigiyenasi kabi zamonaviy davolash usullarining samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari stress va emotsional zo‘riqishning inson organizmida jismoniy simptomlar orqali namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi.

Author Biographies

  • Qobilova Xolisa Aziz qizi, Qobilova Xolisa Aziz qizi

    EMU UNIVERSITY talabasi

  • Erkinov Shohruhmirzo Erkin o‘g‘li, Erkinov Shohruhmirzo Erkin o‘g‘li

    EMU UNIVERSITY Klinik oldi fanlar kafedrasi assistenti

References

Downloads

Published

2026-05-25