ZAMONAVIY KO'P QAVATLI TURAR-JOY BINOLARIDA DEVOR MATERIALLARINING ENERGIYA SAMARADORLIGI: BUXORO SHAHRI MISOLIDA

Authors

  • Salimov Mirabbos Firdavs o‘g‘li Salimov Mirabbos Firdavs o‘g‘li Author

Keywords:

energiya samaradorligi, issiqlik yo'qotish, zamonaviy binolar, gazoblok, issiqlik qarshiligi, monolit-karkas, Buxoro iqlimi.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy ko'p qavatli monolit-karkasli turar-joy binolarida qo'llaniladigan devor materiallarining energiya samaradorligi tahlil qilingan. Buxoro shahri iqlim sharoiti (IV-iqlim rayoni) hisobga olingan holda, keramik g'isht, gazoblok va penoblok kabi zamonaviy to'suvchi konstruksiyalarning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyentlari (λ) va issiqlik qarshiligi (R0​) o'zaro taqqoslandi. Termofizik hisob-kitoblar natijasida aniqlandiki, gazoblok (D500) materialidan foydalanish an'anaviy g'ishtga nisbatan issiqlik qarshiligini 5–6 baravar oshiradi. Biroq, temir-beton karkas elementlarida "issiqlik ko'priklari" paydo bo'lishining oldini olish uchun majburiy tashqi izolyatsiya qo'llash zarurati asoslab berildi. Tadqiqot natijalari qurilish sohasida energiya resurslaridan samarali foydalanish strategiyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.

Author Biography

  • Salimov Mirabbos Firdavs o‘g‘li, Salimov Mirabbos Firdavs o‘g‘li

    Buxoro davlat texnika universiteti doktaranti

References

Downloads

Published

2026-05-26