TEXNIKUM TA’LIMIDA INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
Keywords:
Kompyuter,zamonaviy,dastur,taklif, axborot,texnalogiya, xavfsizligi;Abstract
Ushbu ilmiy maqolada texnikumlarda informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishning ahamiyati va bu jarayonda yuzaga keladigan muammolar tahlil qilinadi. Maqolada informatika va axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi roli, o‘quvchilarga zarur raqamli ko‘nikmalarni berishdagi ahamiyati, shuningdek, mehnat bozorining talablariga mos mutaxassislar tayyorlashdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Bunda, texnik infratuzilmaning yetishmasligi, o‘qituvchilarning malakali kadrlar etishmasligi, o‘quv dasturlarining eskirganligi, raqamli savodxonlikka oid qiyinchiliklar va axborot xavfsizligi masalalari kabi asosiy muammolar muhokama qilinadi. Shuningdek, bu muammolarni hal qilish uchun takliflar va yechimlar keltirilgan, jumladan o‘qituvchilarning malakasini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni taqdim etish, o‘quv dasturlarini yangilash va axborot texnologiyalari infratuzilmasini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar belgilangan. Maqola texnikumlarda informatika va axborot texnologiyalarini samarali o‘qitishning zaruriyligini va buni amalga oshirishda yuzaga keladigan to‘siqlarni engish uchun taklif etiladigan amaliy chora-tadbirlarni tahlil qiladi.