MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA INKLYUZIV TA'LIMNI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Keywords:
inklyuziv ta’lim, maktabgacha ta’lim, alohida ta’lim ehtiyojlari, pedagogik yondashuv, inklyuziv muhit, ijtimoiy moslashuv, pedagogik texnologiyalar, tarbiyachi, ta’lim sifati, bolalar rivojlanishi.Abstract
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etishning pedagogik asoslari, uning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillari, alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan bolalarni umumiy ta’lim muhitiga integratsiya qilishning ahamiyati hamda ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalari yoritilgan. Shuningdek, pedagoglarning kasbiy kompetensiyasi, ota-onalar bilan hamkorlik va inklyuziv muhit yaratishning bolalar rivojlanishiga ta’siri tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish bolalarning ijtimoiy moslashuvi, shaxsiy rivojlanishi va sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishini ko‘rsatadi.