JAMOADA HAMSHIRALIK ISHI FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI. AXOLI O‘RTASIDA HAMSHIRALIK ISHINI TASHKIL QILISH
Keywords:
jamoada hamshiralik ishi, jamoa salomatligi, sog‘lom turmush tarzi, profilaktika, hamshira, sanitariya-ma’rifiy ishlar, sog‘liqni saqlash tizimi, yuqumli kasalliklar, birlamchi tibbiy yordam, aholi salomatligi.Abstract
Ushbu material jamoada hamshiralik ishi fanining mazmuni, maqsadi, vazifalari va ahamiyatiga bag‘ishlangan. Unda jamoa tushunchasi, sog‘liqqa ta’sir etuvchi omillar, hamshiralik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda aholi salomatligini mustahkamlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, jamoada hamshiralik ishining nazariy asoslari, rivojlanish tarixi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar haqida ma’lumot berilgan.
Materialda jamoa hamshirasining shaxs, oila va aholi guruhlari bilan ishlashdagi vazifalari, sog‘liq muammolarini erta aniqlash, profilaktik tadbirlarni tashkil etish, sanitariya-ma’rifiy ishlarni olib borish va aholining tibbiy madaniyatini oshirishdagi roli keng yoritilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanish bosqichlari, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash, shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish hamda onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari tahlil qilingan.
Mazkur material jamoada hamshiralik ishining aholi salomatligini saqlash va mustahkamlashdagi muhim o‘rnini ochib beradi hamda sog‘lom jamiyatni shakllantirishga qaratilgan amaliy va nazariy bilimlarni o‘z ichiga oladi.