OʻZBEK XALQ FOLKLOR SANʼATI JANRLARINING TUZILISHI VA UNING XUSUSIYATLARI
Keywords:
folklor, xalq og‘zaki ijodi, epik janr, doston, lirik janr, marosim qo‘shiqlari, kompozitsion tuzilish, baxshichilik san’ati, maqola, askiya, terma, olqish, topishmoq, afsona, naql, ertak, latifa, lof, rivoyatAbstract
Ushbu maqolada o‘zbek folklor san’ati va xalq og‘zaki ijodi janrlarining o‘ziga xos tizimi, ularning tarkibiy tuzilishi hamda o‘zbek madaniyatida tutgan o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda folklor janrlarining epik, lirik va dramatik turlarga bo‘linishi, dostonchilik, ertaklar, marosim qo‘shiqlari va kichik janrlarning kompozitsion xususiyatlari yoritib berilgan. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodining og‘zakilik, kollektivlik va variantlilik kabi fundamental belgilari va ularning badiiy tuzilishga ta’siri ochib berilgan. Maqola folklorshunoslik va o‘zbek adabiyoti tarixi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar hamda talabalar uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, oʻzbek folklori janrlari faoliyati boʻliq boʻlgan topishmoq , maqol singari janrlarning ommaviy xarakterga ega boʻlishi , uning ijro usullari, yakka ijro va jamoaviy ijro, sozli hamda sozsiz ijrolari haqida tushuncha berilgan. Folklor sanʼati janrlarining ilmiy tomondan oʻrganib kelinayotgan badiiy xususiyatlari oʻzida aks ettirilgan.