SUV VA ENERGETIKA RESURSLARINI INTEGRATSIYALASHGAN HUQUQIY TARTIBGA SOLISH: YEVROPA VA MARKAZIY OSIYO TAJRIBASI
Keywords:
suv-energetika neksusi, transchegaraviy suv huquqi, qayta tiklanuvchi energiya, Ostona sammiti, Markaziy Osiyo, ekologik oqim, yashil savdo yo‘lagi, Suv kodeksi, RED III.Abstract
Tezisda suv-energetika neksusi (water-energy nexus) doktrinasining xalqaro huquqdagi nazariy asoslari va 2026-yil 22-aprelda Ostona shahrida o‘tkazilgan Mintaqaviy ekologik sammitda ilgari surilgan tashabbuslarning O‘zbekiston suv va energetika qonunchiligini takomillashtirishdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Qiyosiy-huquqiy tahlil doirasida Qozog‘iston Respublikasining 2025-yilgi yangi Suv kodeksi mintaqada ekologik oqim institutini imperativ norma sifatida joriy etgan ilk milliy hujjat alohida o‘rganilgan. Mintaqaviy hamkorlikning yangi institutsional formatlari yagona investitsiya portfeli, “yashil savdo yo‘lagi” va “toza havo” konsorsiumi milliy huquqiy mexanizmlar bilan integratsiyalashtirilishi zarurligi asoslangan.
References
Downloads
Published
2026-06-26
Issue
Section
Articles