АGIOGRАFIYA: ILMIY TАDQIQOTLАRDA
Keywords:
agiografiya, din tarixi, avliyolar hayoti, diniy manbalar, tarixiy tahlil, muqaddaslik, diniy an’analarAbstract
Ushbu maqolada agiografik (avliyolar hayoti va muqaddas shaxslar faoliyatini o‘rganuvchi) yo‘nalishdagi tadqiqotlarning din tarixini yoritishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Agiografik manbalar diniy e’tiqodlar, marosimlar, axloqiy qadriyatlar hamda jamiyatning ma’naviy hayoti haqida muhim tarixiy ma’lumotlar beruvchi manbalardan biri sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda agiografik asarlarning shakllanish jarayoni, ularning tarixiy haqiqatni aks ettirish imkoniyatlari va diniy an’analarni saqlashdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, ushbu manbalarni tahlil qilishda tarixiy-tanqidiy yondashuvning zarurligi, afsona va tarixiy faktlarni farqlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Maqola agiografik tadqiqotlarning din tarixi, madaniyat va ijtimoiy jarayonlarni o‘rganishdagi ilmiy ahamiyatini ochib berishga qaratilgan.