ZULFIZAR OBRAZIDA FOJIAVIY XARAKTER VA ICHKI ZIDDIYATLAR

Authors

  • Mutalibova Muxtaram Abduraxim qizi Mutalibova Muxtaram Abduraxim qizi Author

Keywords:

Zulfizar, Jamila Ergasheva, fojiaviy xarakter, ichki ziddiyat, konflikt, psixologizm, obraz, xarakter, ruhiy kechinma, badiiy tasvir.

Abstract

Ushbu maqolada Jamila Ergashevaning “Zulfizar” qissasidagi bosh qahramon Zulfizar obrazi adabiyotshunoslik nazariyasi asosida tahlil qilinadi. Asarda ayol taqdiri, inson ruhiyati, hayot sinovlari va ichki kechinmalar badiiy obraz orqali yoritilgan. Zulfizar obrazi oddiy qahramon sifatida emas, balki murakkab ruhiy olamga ega, hayot ziddiyatlari bilan kurashuvchi fojiaviy xarakter sifatida yaratilgan.
Maqolada fojiaviy xarakter tushunchasi, badiiy konflikt, psixologizm, ichki monolog va xarakter evolyutsiyasi kabi adabiyotshunoslik tushunchalari asosida Zulfizar obrazining badiiy xususiyatlari ochib beriladi. Yozuvchi qahramonning tashqi hayotini emas, balki uning ichki dunyosi, ruhiy iztiroblari va ma’naviy tanlovlarini ham chuqur tasvirlagani tahlil qilinadi.

Author Biography

  • Mutalibova Muxtaram Abduraxim qizi, Mutalibova Muxtaram Abduraxim qizi

    Farg‘ona davlat univesiteti  filologiya fakulteti:

    o‘zbek tili yo‘nalishi 23.85-guruh talabasi

References

Downloads

Published

2026-06-26