KASBIY TA'LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONINI SAMARALI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
kasbiy ta'lim, o‘quv jarayoni, boshqaruv, ta'lim sifati, monitoring, LMS, raqamli boshqaruv, ta'lim menejmenti, ichki sifat kafolati, innovatsion boshqaruv.Abstract
Mazkur maqolada kasbiy ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonini samarali boshqarishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilingan. O‘quv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, monitoring qilish va baholash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari zamonaviy boshqaruv yondashuvlari nuqtai nazaridan yoritilgan. Shuningdek, ta'lim sifati monitoringi, raqamli boshqaruv tizimlari, Learning Management System (LMS), ma'lumotlarga asoslangan boshqaruv (Data-driven Management) hamda ichki sifatni ta'minlash mexanizmlarining o‘quv jarayoni samaradorligiga ta'siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida kasbiy ta'lim muassasalari uchun o‘quv jarayonini boshqarishning integratsiyalashgan modeli taklif etilib, uning ta'lim sifati, pedagoglar faoliyati va boshqaruv samaradorligini oshirishdagi ahamiyati asoslab berilgan.